O‘quv markazlari va ustozlar uchun
O‘quvchilaringiz o‘qishga o‘zi intiladi
Vazifa, o‘yin, olimpiada va dasturlash uchun coin — keyin markaz do‘konida haqiqiy sovg‘aga almashadi. O‘quvchilar vazifani vaqtida topshiradi, bilimda bellashadi va markazingizga har kuni intilib keladi.
- Brauzerda ishlaydi — o‘rnatish shart emas
- O‘zbek, rus va ingliz tillarida
- Har bir coin serverda hisoblanadi
CoinTizim hozir
Jonli- —foydalanuvchi
- —o‘quv markazi
- —bugun kirganlar
- Coin va olmos
- Bilimdon ilon
- 2500+ inglizcha so‘z
- 23 xil olimpiada bosqichi
- Funksiya rejimidagi masalalar
- Rag‘batnomalar
- Elektron yutuqlar
- Personaj garderobi
- Markaz do‘koni
- Halollik nazorati
Coin qanday aylanadi
Bitta vazifa — to‘rtta quvonch
O‘quvchi har bir harakatining natijasini shu zahoti ko‘radi. Shuning uchun u ertaga yana qaytadi. Qadamlarni bosib ko‘ring.
Imkoniyatlar
Darsdan keyin ham o‘qitadigan hamma narsa
Har bir bo‘lim — o‘quvchi rostdan ko‘radigan ekran. Bezak emas, ishlaydigan vosita.
Bilim beradigan o‘yinlar
“Bilimdon ilon”da ilon faqat to‘g‘ri javobni yeydi. Yana: 2500+ inglizcha so‘z, kod viktorinasi, mental arifmetika va xotira o‘yinlari — kunlik coin limiti bilan.
Jonli olimpiadalar
23 xil bosqich turi: test, dasturlash, ingliz tili, tez yozish… Reyting jonli yangilanadi — personaj va darajalar bilan.
Funksiya rejimidagi masalalar
Sarlavha qulflangan — o‘quvchi faqat funksiya ichini yozadi. Kod serverda testlardan o‘tadi.
Rag‘batnomalar
G‘olib va eng faol o‘quvchilarni chiroyli rag‘batnoma bilan taqdirlang.
Elektron yutuqlar
Badge’lar yutuq uchun beriladi yoki coinga olinadi. O‘quvchi 3 tasini profiliga qadaydi.
Halollik nazorati
Natijani aldab bo‘lmaydi: nusxa ko‘chirish o‘chirilgan, oynadan chiqish kuzatiladi.
Dars vaqtida — faqat dars
Dars jadvali bo‘yicha o‘yinlar avtomatik yopiladi va dars tugagach yana ochiladi.
Personaj
Har bir o‘quvchi — o‘z qahramoni
Coinlarga personajini kiyintiradi: shapka, ko‘zoynak, kiyim, qo‘lidagi buyum va uy hayvoni. Kiyim ustiga olib boring — personaj darhol kiyib ko‘radi.
Bu — kabinetdagi haqiqiy personaj: yuzlab kombinatsiya, hammasi coinga.
Bitta platformada — o‘quvchini darsdan keyin ham ushlab turadigan hamma narsa
- 23xil olimpiada bosqichi turi
- 2500+inglizcha so‘z lug‘at o‘yinlarida
- 10+bilim beradigan o‘yin
- 0o‘rnatish — telefon va kompyuter brauzerida
Adolatli qoidalar
- Coin faqat o‘quv faoliyati orqali ishlab topiladi
- Naqd pulga almashtirilmaydi va boshqa o‘quvchiga o‘tkazilmaydi
- Har bir coin serverda hisoblanadi va tarixda saqlanadi
- Pullik urinishlar va qimor elementlari yo‘q
Kimlar uchun
Direktor, ustoz va o‘quvchi — har biriga o‘z kabineti
Har kim o‘ziga keragini ko‘radi: direktor — markazni, ustoz — guruhini, o‘quvchi — o‘z yutuqlarini.
Markaz direktori
“Markazim boshqalardan ajralib tursin, o‘quvchilar ketib qolmasin.”
- Markaz uchun shaxsiy manzil: markaz.cointizim.uz
- Ustozlar, guruhlar va o‘quvchilar bitta joyda
- Coin qoidalari va do‘kon sovg‘alari sizning qo‘lingizda
- Vazifa, o‘yin va olimpiadalar bo‘yicha hisobotlar
Ustoz
“Vazifani vaqtida topshirishsin — men esa ortiqcha ish qilmay.”
- Vazifa baholanganda coin o‘zi qo‘shiladi
- Olimpiada tuzish: 23 xil bosqich turidan tanlang
- Dasturlash masalalari avtomatik tekshiriladi
- Rag‘batnoma va qo‘shimcha coin bilan taqdirlash
O‘quvchi
“Bugun yana +50 coin! Yana ozgina — va hudi meniki.”
- O‘z personaji, darajasi va badge’lari
- O‘yinlar, olimpiadalar va dasturlash
- Markaz do‘konidan haqiqiy sovg‘alar
- Reytingda do‘stlari bilan bellashadi
Narxlar
Markazingiz hajmiga mos tarif
Har bir tarifda coin tizimi, o‘yinlar, olimpiadalar va markaz do‘koni bor. Farqi — o‘quvchilar, ustozlar va guruhlar soni.
7 kunlik bepul sinov — karta talab qilinmaydi
Barcha tariflar oylik — uzoqroq muddatga oldindan to‘lasangiz, chegirma olasiz.
Start
Kichik o‘quv markazlari va mustaqil ustozlar uchun
Jami: 199 000 so‘m — 1 oy uchun
- O‘quvchilar100
- Ustozlar3
- Guruhlar10
- Do‘kon mahsulotlari30
- Fayl xotirasi500 MB
Standart
O‘sib borayotgan tashkilotlar uchun
Jami: 299 000 so‘m — 1 oy uchun
- O‘quvchilar500
- Ustozlar15
- Guruhlar50
- Do‘kon mahsulotlari100
- Fayl xotirasi2.0 GB
Pro
Maktab va yirik markazlar uchun
Jami: 499 000 so‘m — 1 oy uchun
- O‘quvchilar1 500
- Ustozlar40
- Guruhlar150
- Do‘kon mahsulotlari300
- Fayl xotirasi9.8 GB
Sizning xohishingiz
Katta markazlar va filiallar tarmog‘i uchun
Narx va shartlarni siz bilan alohida kelishamiz
- O‘quvchilarCheklovsiz — kelishiladi
- UstozlarCheklovsiz — kelishiladi
- GuruhlarCheklovsiz — kelishiladi
- FiliallarCheklovsiz — kelishiladi
- Markazingizga moslangan alohida sozlamalar
- Shaxsiy menejer va ustuvor yordam
- O‘z domeningiz yoki brendlash
- Mavjud ma’lumotlarni ko‘chirib berish
Tariflarni solishtirish
| Imkoniyat | Start | Standart | Pro |
|---|---|---|---|
| Narx | 199 000 so‘m / oy | 299 000 so‘m / oy | 499 000 so‘m / oy |
| O‘quvchilar | 100 | 500 | 1 500 |
| Ustozlar | 3 | 15 | 40 |
| Guruhlar | 10 | 50 | 150 |
| Do‘kon mahsulotlari | 30 | 100 | 300 |
| Fayl xotirasi | 500 MB | 2.0 GB | 9.8 GB |
Bepul sinov qanday ishlaydi?
Ariza qoldirasiz — markazingizni ochib beramiz va 7 kun davomida platformadan bepul foydalanasiz. Karta yoki oldindan to‘lov talab qilinmaydi.
To‘lov qanday amalga oshiriladi?
Tarifni tanlab “Obuna olish”ni bosasiz, biz siz bilan bog‘lanamiz. To‘lov karta orqali o‘tkaziladi va tasdiqlangach obuna muddati darhol uzaytiriladi.
Tarifni keyin o‘zgartirsa bo‘ladimi?
Ha. Markaz o‘sgani sari kattaroq tarifga o‘tasiz — barcha ma’lumotlar, coinlar va natijalar saqlanib qoladi.
Tarif markazingiz hajmiga qarab
Keyingi oyda o‘quvchilaringiz darsga boshqacha kelsin
Ariza yuboring — tasdiqlangach markazingiz ochiladi va bepul sinov davri boshlanadi. Avval ko‘rib chiqmoqchimisiz? Demo saytda hammasini o‘zingiz sinab ko‘ring.
- Sinov davrida barcha imkoniyatlar ochiq
- Karta talab qilinmaydi
- Sozlashda yordam beramiz
Savollar
Ko‘p beriladigan savollar
Javob topmadingizmi? Pastdagi formadan savol yuboring — bog‘lanamiz.
CoinTizim nima?
O‘quv markazlari uchun motivatsiya platformasi: o‘quvchilar o‘quv faoliyati uchun coin oladi, o‘yin va olimpiadalarda bilimini sinaydi, coinlarini markaz do‘konidagi sovg‘alarga va personaj buyumlariga almashtiradi.
Coin — bu pulmi?
Yo‘q. Coin faqat platforma ichidagi rag‘bat ballari. Uni naqd pulga almashtirib ham, boshqa o‘quvchiga o‘tkazib ham bo‘lmaydi.
Ustozlarga qo‘shimcha ish ko‘payadimi?
Yo‘q. O‘yin, test, olimpiada va dasturlash uchun coin avtomatik hisoblanadi, uyga vazifa baholanganda coin o‘zi qo‘shiladi. Ustoz xohlasa qo‘shimcha rag‘bat beradi.
Natijalarni aldash mumkinmi?
Barcha hisob-kitob serverda: savollar serverda tuziladi, javob vaqti o‘lchanadi, imkonsiz darajada tez javoblar ball olmaydi. Nusxa ko‘chirish o‘chirilgan, olimpiadada oynadan chiqib ketish kuzatiladi.
O‘quvchilar dars o‘rniga o‘ynab o‘tirmaydimi?
Yo‘q. Dars jadvali bo‘yicha o‘yinlar avtomatik yopiladi, o‘yinlardan kuniga olinadigan coin esa cheklangan — o‘yin darsdan muhim bo‘lib qolmaydi.
Markazni qanday ulayman?
“Markaz ochish” formasini to‘ldiring: markaz nomi, shaxsiy manzil (masalan, markaz.cointizim.uz), direktor login va paroli. Arizani ko‘rib chiqib tasdiqlaymiz — shundan so‘ng shu login bilan kirasiz va ustozlar, guruhlar hamda o‘quvchilarni qo‘shasiz.
Telefonda ishlaydimi?
Ha. Sayt telefon, planshet va kompyuterda ishlaydi, kunduzgi va tungi rejimi bor. O‘zbek, rus va ingliz tillarida.
Bog‘lanish
Savolingiz bormi? Bog‘laning
Savolingizni qoldiring yoki qo‘ng‘iroq qiling — tarif tanlashda va markazingizni sozlashda yordam beramiz. Markaz ochish uchun “Markaz ochish” formasidan ariza yuboring.
Yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘laning
Savol berish
Savolingizni qoldiring — 1 ish kuni ichida bog‘lanamiz. Markaz ochish uchun “Markaz ochish” formasidan ariza yuboring.